O‘zbekiston | 22:20 / 20.09.2018
74094
2 daqiqa o‘qiladi

Oliygohlarda to‘lov-kontraktni to‘lash muddati uzaytirildi 

​O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yilda 17 sentabrdagi bayoniga muvofiq respublika oliy ta'lim muassasalariga 2018/2019 o‘quv yilida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 2018 yilning 30 sentabriga qadar uzaytirildi.​ Bu haqda Kun.uz muxbiri Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda

Ma'lumot uchun, mahalliy oliygohda belgilangan to‘lov-kontrakti bir yil uchun o‘rtacha 8,2 million so‘mdan boshlab 12 million atrofida to‘xtaydi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida esa bu raqam 18-22 million atrofida belgilangan. ​

Shuningdek, kirish imtihonlarida o‘qishdan yiqilgan abituriyentlar o‘qishni super-kontrakti arzonroq OTMga ko‘chirishi mumkin. ​Unga ko‘ra, test sinovlari natijasi bo‘yicha yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga oshirilgan to‘lov-kontraktning miqdori (barobari) kam bo‘lgan ta'lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berildi. Bunda, abituriyent test topshirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining o‘rni) mosligi hamda uning doimiy yashash joyi va hujjat topshirgan oliy ta'lim muassasasi joylashgan hudud mezon sifatida belgilandi.​

Mavzuga oid