Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida qulashda davom etmoqda
Bugun, 20 senyabr kuni FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi oldingi o‘rnidan 1 pog‘ona pastlab, 1245 ball bilan 96-o‘rinda qayd etilgan. Bundan avval 7 iyun va 16 avgust sanalarida e'lon qilingan reytingda O‘zbekiston 95-o‘rinda ko‘rsatilgan edi.
FIFA reytingining yangi talqinida Fransiya yaqqol yetakchilikni boy bergan. Belgiya terma jamoasi ochkolar hisobida fransuzlarga yetib oldi. Shu va o‘tgan safar 9-o‘rinni bo‘lishib turgan Ispaniya va Daniya termalari 9-10 pog‘onalarni band etganidan tashqari kuchli o‘nlikda boshqa o‘zgarish kuzatilmagan.
FIFA reytingi
1. Belgiya (+1) - 1729.25 ochko
1. Fransiya - 1729.12
3. Braziliya - 1663
4. Xorvatiya - 1634
5. Urugvay - 1632
6. Angliya - 1612
7. Portugaliya - 1602
8. Shveytsariya - 1598
9. Ispaniya - 1597
10. Daniya (-1) - 1581
11. Argentina, 12. Chili, 12. Germaniya, 14. Kolumbiya, 15. Shvetsiya, 15. Meksika, 17. Niderlandiya, 18. Polsha, 19. Uels, 20. Italiya.
MDH terma jamoalaridan 8 tasi yuzlikka kiritilgan:
29. Ukraina (+6)
46. Rossiya (+3)
80. Belorus (-2)
91. Qirg‘iziston (+1)
93. Gruziya (3)
96. O‘ZBeKISTON (-1)
98. Estoniya (-4)
100. Armaniston (0)
Osiyo jamoalari reytingidagi yuqori o‘nlik o‘zgarmay qolgan. OFK vakillari ichida O‘zbekiston o‘tgan oylardagi 13-o‘rinni boy berib, 14-pog‘onaga tushib qoldi. Oktyabr oyida Toshkentda mehmon bo‘ladigan Qatar O‘zbekistonni quvib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Boz ustiga, 97-o‘rindagi Hindiston bilan o‘rtadagi farq 1 ochkoga ham bormaydi.
OFK terma jamoalari
33. Eron (-1)
43. Avstraliya (0)
54. Yaponiya (+1)
55. Janubiy Koreya (+2)
71. Saudiya Arabistoni (-1)
74. Suriya (-1)
76. Xitoy (-1)
77. Livan (+2)
85. Ummon (-1)
89. Iroq (0)
91. Qirg‘iziston (+1)
94. Qatar (+4) - 1246.69 ochko
96. O‘ZBeKISTON (-1) - 1244.61
97. Hindiston (-1) - 1244,4
100. Falastin (-1)
Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper murabbiyligidagi terma jamoa sentabr oyida ikkita xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Dastlab Suriya termasi bilan 1:1 hisobida durang qayd etilgan bo‘lsa, o‘tgan hafta Eron vakillariga 0:1 hisobi bilan imkoniyat boy berildi.
Ta'kidlash joiz, O‘zbekiston terma jamoasi oktabr oyidagi FIFA kunlarida ham 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. 13 oktabr kuni KXDR, 16 oktabrda Qatar termalari Toshkentda mehmon bo‘ladi. Shuningdek, 20 noyabr kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi Avstraliyada nazorat o‘yini o‘tkazish belgilangan.
Mavzuga oid
20:33 / 17.10.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi
18:22 / 03.04.2025
O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi
17:58 / 20.12.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston milliy jamoasi 2024 yilni 58-o‘rinda yakunladi
18:15 / 24.10.2024