Jahon | 15:52 / 21.09.2018
28959
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Merkel Meyni ochiqchasiga haqorat qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyni oshkora haqoratlab, uning qo‘lini siqishdan bosh tortdi. Bu haqda Daily Express xabar bermoqda.

Hodisa 20 sentabr, payshanba kuni Zaltsburgdagi Yevropa ittifoqi davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida yuz bergan. Nashrning ta'kidlashicha, Mey Merkel yaqinlashgan paytda Yevropa yetakchilari guruhi bilan birga turgan. Bosh vazir jilmayib, Merkelga qo‘l uzatgan, biroq u buni e'tiborsiz qoldirdi va Litva prezidenti Dale Gribauskaytening yoniga yaqinlashgan.

«Bi-bi-si» siyosiy muharriri Nika Vattaning so‘zlariga ko‘ra, Merkel bundan avval shaxsiy suhbat davomida bosh vazirga Buyuk Britaniya Brexit bo‘yicha muzokaralarda «ozgina sabr qilishi» kerakligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yevroskeptiklar Meyning Brexit bo‘yicha rejasini boykot qilishmoqchi ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid