Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ukrainadan qoramollar import qildi
Shu hafta Ukrainaning Cherkassk oblastidan O‘zbekistonga birinchi marta qoramollar yetkazib berildi, deya yozmoqda «UkrAgroKonsalt».
Ma'lumotlarga ko‘ra, 33 bosh qoramol Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi «Obod Zamon» fermer xo‘jaligiga jo‘natilgan.
«Yetkazib berish muvaffaqiyatli o‘tdi. Biz Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasidagi samarali hamkorlik davom etishiga umid qilamiz», - deya izoh berdi Dairy Global Experts mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha direktori Aleksandr Glebchuk.
Dairy Global Experts kompaniyasi xalqaro bozorga chiqish uchun Sut ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi maslahat markazi negizida tashkil etilgan.
Mavzuga oid
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
09:30 / 27.06.2026
O‘zbekistonda import tovarlarini rasmiylashtirish tartibi o‘zgardi
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026