Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston O‘zbekistonga birgalikda sun'iy yo‘ldosh qurishni taklif qildi
Qozog‘iston mudofaa va aerokosmik sanoati vazirligi kelgusi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Ular orasida O‘zbekiston bilan birgalikda sun'iy yo‘ldosh qurish ham bor, deb xabar berdi OAV.

Xalqaro harbiy-texnik hamkorlik departamenti direktori Aslanbek Sirlanovning ma'lum qilishicha, sun'iy yo‘ldoshni qurish bo‘yicha aniq takliflar bor.
Ta'kidlanishicha, ushbu qurilma nafaqat ikki davlatga, balki Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarga ham xizmat ko‘rsata oladi.
“Hozir o‘zbekistonlik hamkasblarimiz xorijiy sun'iy yo‘ldoshdan foydalanishadi. Shu sababli birgalikda bitta sun'iy yo‘ldosh qurish taklifi bildirildi”, deb aytgan Sirlanov qozoq-o‘zbek hamkorligi bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanda.
Mavzuga oid
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
07:50 / 07.01.2026
Infografika: sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolga ega davlatlar
18:02 / 05.01.2026