Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh bilan bir qator tadbirlardagi ishtirokdan voz kechdi
Xitoy Rossiya bilan hamkorlik qilgani sababli Vashington unga qarshi sanksiyalar kiritgani tufayli AQSh bilan bir qator birgalikdagi tadbirlardagi ishtirokdan voz kechdi.
Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi AQSh elchisi Geri Lokkni chaqirtirib, unga Xitoy Rossiya qurolini sotib olishi sababli kiritilgan sanksiyalar yuzasidan keskin e'tiroz bildirgan. Bundan tashqari, Xitoy markaziy harbiy kengashi AQSh elchixonasidagi harbiy attashega ham e'tiroz bildirgan.
Xitoy mudofaa vazirligida ta'kidlanishicha, Pekin Xitoy harbiy-dengiz kuchlari rahbari Shen Tszinlunning AQShga tashrifini bekor qilgan. Tszinlun dengizda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha simpoziumda ishtirok etishi kerak bo‘lgan.
Bundan tashqari, Xitoy hukumati Pekinda 25-27 sentabrga belgilangan, Xitoy va AQSh qurolli kuchlari birlashgan shtablari o‘rtasidagi muloqot doirasidagi ikkinchi uchrashuvdan voz kechgan.
Xitoy, shuningdek, Vashingtondan sanksiyalarni zudlik bilan bekor qilishni talab qilgan, aks holda javob choralari ko‘rilishini aytgan.
20 sentabrda Vashington Xitoy markaziy harbiy kengashining qo‘shinlarni tayyorlash va ta'minot departamenti va uning rahbari Li Shanfuga qarshi sanksiyalar kiritdi. Kengash Xitoy qurolli kuchlariga qo‘mondonlik qiladi.
Oq uyda sanksiyalar Xitoyning “Rosoboroneksport” bilan hamkorligi, jumladan Su-35 qiruvchi samolyotlari va S-400 tizimlarini sotib olishi sababli kiritilgani aytilgan.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
22:15 / 09.06.2026