Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh: Asadning ketishi vaqt masalasi
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeylining ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Suriya prezidenti Bashar Asadni hokimiyat tepasidan ketkazishga urinayotgani yo‘q. Uning ta'kidlashicha, Asadning lavozimidan ketishi «vaqt masalasi» hisoblanadi. Bu haqda u Amerikaning CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Xeylining fikriga ko‘ra, Asad yaqin vaqt ichida hokimiyat tepasida qoladi hamda AQSh bunga qandaydir ta'sir ko‘rsatmoqchi emas.
«Biroq, biz u uzoq vaqt davomida qoladi, deb o‘ylamaymiz. Suriya xalqi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Albatta, Rossiya ham, Eron ham uning o‘sha yerda bo‘lishini - yaxshi, deb hisoblamaydi. Shuning uchun mening fikrimcha, bu vaqt masalasi», - deya aytib o‘tdi Xeyli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin Asaddan xafa ekani xabar qilingandi.