Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putin Il-20 samolyoti Örta Yer dengizi uzra qulaganidan söng suriyalik hamkasbi Başar Asadning qönğiroqlariga javob berişdan boş tortayotgani haqidagi ma'lumotni rad etib çiqdi. Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.
Peskovning eslatişiça, Putin hodisaga «fojiali tasodiflar zanjiri», deya izoh berib, yuz bergan voqeani baholab böldi. Unda, Kreml matbuot kotibi fikriça, har bir narsa juda jiddiy tarzda taqdim etilgan.
Rossiya prezidenti Suriya havo hujumidan mudofaa kuçlari xatti-harakati oqibatida Il-20 halokatga uçraganidan söng Asaddan ğazablanayotgani haqida Isroil razvedka vaziri Israel Kats 20 sentabr kuni aytib ötdi. The Times of Israel naşri xabariga köra, amaldor Putin Suriya yetakçisining bir neçta telefon qönğiroqlariga javob bermagani, oxir-oqibat Asad Moskvaga telegramma yuborişga majbur bölgani haqida ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Isroil Il-20 halokatiga nima sabab bölganini ma'lum qilgandi.












