Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej o‘quvchilarining janjali qon to‘kilishi bilan yakunlandi
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2018 yilning 22 sentabr kuni vaqtincha “A.T.Xo‘qandiy” dahasida yashovchi Politexnika kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi I.I. o‘zaro janjal sabab shu kollejning 2-bosqich o‘quvchisi E.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada E.M. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, I.I. qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
08:45 / 15.05.2026
Farg‘onada yuk mashinasi g‘ildiraklaridan qariyb 20 kg narkotik topildi
08:33 / 15.05.2026