Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MB chakana to‘lov tizimi nomini aniqlash uchun tanlov o‘tkazmoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 20 sentabrdagi PQ-3945-sonli “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yangi chakana to‘lov tizimini yaratish maqsadida Markaziy bankka Milliy banklararo protsessing markazini (MBPM) tashkil qilish vazifasi yuklatilgan.
Markaziy bank ushbu milliy chakana to‘lov tizimi nomini aniqlash uchun tanlovda ishtirok etish haqida taklif bilan chiqdi. O‘z hissasini qo‘shish istagini bildirgan fuqarolar, g‘oya va takliflarini Markaziy bankka taqdim etishlari mumkin.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
Birinchi bosqichda mazkur tizimni nomlash bo‘yicha takliflar joriy yilning 1 oktabriga qadar qabul qilinadi va shu bilan birga eng yaxshi g‘oyalar (short-list) tanlanadi.
Ikkinchi bosqichda, birinchi bosqich natijasi bo‘yicha aniqlangan eng yaxshi g‘oyalar orasidan g‘olibni ovoz berish yo‘li orqali fuqarolar tomonidan aniqlanadi (ovoz berish tartibi short-list shakllangandan so‘ng e'lon qilinadi).
To‘lov tizimining nomi o‘zida milliy uyg‘unlikni aks ettiruvchi bir yoki ikki so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026