16:16 / 24.09.2018
11009

OAV: Merkel o‘z xatolaridan afsuslanmoqda

Foto: AFP

Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakat aksilrazvedka xizmatiga rahbarlik qilgan Gans-Georg Maasen bilan bog‘liq vaziyatdan afsusda ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Die Welt yozmoqda.

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, u odamlar nimalardan kelib chiqib ish ko‘rayotganiga emas, balki Ichki ishlar vazirligi ichida sodir bo‘layotgan narsalarga ko‘proq e'tibor qaratib yuborgan.

Kantslerning tan olishicha, Maasen bilan bog‘liq vaziyatda hammasi ham to‘g‘ri qilinmagan. U mamlakat hukumatini inqirozga olib borib qo‘yishiga bir qadam qolganiga qaramay, uni Ichki ishlar vazirligi stats-kotibi lavozimiga tayinlashni mo‘ljallagan. Bu esa oylik maoshning oshirilishini nazarda tutadi.

«Men bunday holat yuz berishi mumkin bo‘lganidan juda afsusdaman», - deya aytib o‘tdi Merkel.

Aniqlik kiritilishicha, amaldorni tayinlash haqidagi qaror o‘zgartirilgan: Maasen IIVning Yevropa hamda xalqaro masalalar bo‘yicha maxsus vakolatli vakiliga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq nemislarning aksariyati Merkel iste'fosini xohlashayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top