Germaniya fuqarolarining köpçiligi (56%) Angela Merkel mamlakat kansleri lavozimidan iste'foga çiqişini xohlamoqda. Bu haqda Bild gazetasi xabar berdi.
Insa jamiyatşunoslik markazi tomonidan ötkazilgan sörovnoma şunday natijalarni berdi, deyiladi materialda.
Şu bilan birga, nemislarning qariyb yarmi (47%) Germaniyada muddatdan avvalgi saylovlar ötkazilişini istayapti, ularni fuqarolarning 29 foizi qöllab-quvvatlamayapti. Respondentlarning yana 24 foizi Angela Merkel hukumat kansleri sifatida qayta saylanişi tarafdori bölib qolmoqda.
YouGov xalqaro tadqiqot kompaniyasi tomonidan ötkazilgan boşqa sörov natijalariga köra, iyun oyida nemislarning deyarli yarmi (43%) GFR amaldagi kansleri Angela Merkel öz lavozimini tark etişi lozimligini bildirgan. Respondentlarning yana 42 foizi Merkel hukumat tepasida qolişini xohlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniya kansleri Angela Merkel Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyni oşkora haqoratlab, uning qölini siqişdan boş tortgandi.











