Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo: Rossiyadan na Ukrainada, na Suriyada hech qanday foyda bo‘lmadi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning fikricha, Rossiya Ukrainada ham, Suriyada ham «hech qanday foyda keltirmayapti». Bu haqda u Amerikaning NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Jurnalistning Rossiyadan «Ukrainada ham, Suriyada ham foyda yo‘qligi»ga oid savoliga Pompeo bu bayonot «juda adolatli ekani» haqida javob qaytardi.
Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar davlat kotibining ta'kidlashicha, Rossiya hamda AQShda terrorizm bilan kurash kabi umumiy manfaatlar bor.
«Dunyoda bizning manfaatlar bir-biriga mos keladigan turli joylar bor. Biroq, albatta, qadriyatlar emas, Rossiya bunda bizning davlatdan katta farq qiladi. Ulardan na Ukrainada, na Suriyada hech qanday foyda bo‘lmadi», - deya ma'lum qilgan Pompeo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya bilan do‘stlikka nuqta qo‘ygandi.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026