Jahon | 23:38 / 24.09.2018
4505
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston aviakompaniyasi Jukovskiyga yana reyslar amalga oshira boshladi

Foto: Jukovskiy aeroporti saytidan

Tojikistonning “Somon Eyr” aviakompaniyasi Dushanbedan yana Moskva viloyatidagi Jukovskiy aeroportiga ucha boshladi. “Dushanbe-Jukovskiy-Dushanbe” yo‘nalishi bo‘yicha reyslar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.

Reyslar seshanba, payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, “Somon Eyr” Kulob-Jukovskiy yo‘nalishi bo‘yicha ham dushanba, juma va shanba kunlari reyslar amalga oshiradi.

Ayni vaqtgacha Dushanbedan “Jukovskiy”ga reyslar Rossiyaning “Uralskiye avialinii” va “Yut-Eyr” aviakompaniyalari tomonidangina bajarilgan.

Joriy yil bahorida Tojikiston aviakompaniyalari tomonidan “Jukovskiy”ga parvozlarga ruxsat olinmagandan so‘ng Tojikiston va Rossiyaning aviatsiya sohasidagi mutasaddilari o‘rtasida nizo chiqqan. Ba'zi reyslarga o‘zaro cheklovlar kiritilgan.  

Biroq nizo muzokaralardan keyin muvaffaqiyatli yakunlangan. Tojikiston va Rossiya shaharlari o‘rtasidagi havo aloqasiga kiritilgan barcha cheklovlar aprel boshida bekor qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid