Jamiyat | 11:40 / 24.09.2018
13884
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga qozog‘istonlik ekstraditsiya qilinadi: u 9 yil qidiruvda bo‘lgan

Foto: RIA Novosti

Politsiyachilar Olmaota oblastida istiqomat qiluvchi shaxsni qo‘lga olishdi, u O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz mintaqa Ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.

IID ma'lumotlariga ko‘ra, u davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. Erkak Yenbekshikazaxsk tumanida aniqlandi. Avat qishlog‘ida yashovchi 48 yoshli shaxs hujjatlarni tekshirish paytida politsiya bo‘linmasiga olib ketildi.

«Hujjatlar bilan bog‘liq jarayon amalga oshirilganda, erkak bu kabi holatlarda odatiy bo‘lgan politsiya bazasida tekshirildi. Aniqlanishicha, to‘qqiz yil oldin u To‘rtko‘l shahri huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan. O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlarining ma'lumotiga ko‘ra, erkak o‘zganing mulkini talon-toroj qilish yoki o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda. Gumondor aniqlangani haqidagi ma'lumot qidiruv tashabbuskorlariga yuborildi», - deya xabar berishgan Olmaota oblasti IID matbuot xizmatidan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid