Ma’lum qilinişiça, Interpol kanallaridan samarali foydalaniş natijasida qidiruvda bölgan şaxslarning transçegaraviy harakatlari aniqlanib, ular Gurjiston hududida qölga olingan.
Keyinçalik, köp qirrali işlar va yölga qöyilgan ikki tomonlama hamkorlik natijasida Interpolning xalqaro maydonlarida bölib ötgan uçraşuv va muzokaralar çoğida Toşkent hamda Tbilisi Milliy markaziy byurolari örtasida qidiruvdagi şaxslarni Özbekiston tomoniga topşiriş masalasida kelişuvga erişilgan.
Xususan, Özbekiston Boş prokuraturasining qöllab-quvvatlaşi va iltimosiga köra, tergov materiallari asosida Gurjiston Adliya vazirligi tomonidan qidiruvdagi şaxslarni ekstraditsiya qiliş töğrisidagi sörov qanoatlantirilgan. Natijada ular Toşkentga olib kelinib, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uçun jinoiy javobgarlikka tortiş maqsadida IIB xodimlariga topşirilgan.













