Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuela prezidentining rafiqasini «qora ro‘yxat»ga kiritdi
AQSh moliya vazirligi Venesuela prezidentining rafiqasi va bir qator boshqa venesuelalik mansabdor shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritdi. Vashingtonning fikricha, ularning barchasi korrupsiyaga aloqador va prezident Nikolas Maduroga hokimiyatni “ushlab qolish”da yordam beradi. Ta'kidlanishicha, ularning AQShdagi aktivlari bloklab qo‘yiladi.
Sanktsiyalar 6 nafar jismoniy va 3 nafar yuridik shaxsga, jumladan Maduroning rafiqasi Siliya Floresga qarshi joriy qilingan. Flores 2012-2013 yillarda Venesuela bosh vaziri lavozimini egallagan.
Sanktsiyalar ostiga, shuningdek, Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes, vitse-prezident Delsi Gomez va sobiq vitse-prezident Xorxe Gomez tushgan.
Maduroning o‘zi esa 2017 yil iyulidan beri AQSh sanksiyalari ostida qolmoqda.
Mavzuga oid
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026