Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik ayol 4 yil davomida farzandi jasadini saqlash kamerasida yashirgan
Tokio politsiyasi kamida 4 yil davomida o‘zining o‘lik tug‘ilgan farzandini temir yo‘l stansiyasidagi saqlash kamerasi yacheykasida yashirgan va yacheyka ijarasi uchun muntazam ravishda pul to‘lab kelgan ayolni hibsga oldi. Bu haqda NHK telekanali ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, farzandini yashirgan 49 yoshli Emi Susaki o‘zi politsiyaga borib, bu haqda so‘zlab bergan. Ayolning aytishicha, u farzandini 4-5 yil avval uyida dunyoga keltirgan. Ayol tug‘ilgan go‘dagida tiriklik alomatlarini sezmagach, sarosimaga tushib, uni Tokioning Tayto tumanidagi Uguisudani stansiyasida joylashgan saqlash kamerasiga yashirishga qaror qilgan. Politsiya ayolning ko‘rsatmalariga asoslanib, stansiyadagi yacheykalarni tekshirib chiqqan va ulardan birida sellofan paketga o‘ralgan go‘dak jasadini aniqlagan.
Ta'kidlanishicha, politsiya tafsilotlarni o‘rnatish uchun ayolni so‘roq qilgan.
Yaponiyada barcha stansiyalar yonida ko‘plab saqlash kameralari mavjud bo‘lib, ularning bir kunlik ijarasi narxi 2 dollardan 5 dollargachani tashkil qiladi.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:15 / 27.04.2026
Tokioda davlat xizmatchilariga ishda shortik kiyishga ruxsat berildi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025