Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nig‘matilla Yo‘ldoshev Hidoyat Nur Vohid bilan muzokaralar o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi raisi o‘rinbosari Hidoyat Nur Vohid boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Indoneziya parlamentlararo hamkorligini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.
Qayd etilganidek, joriy yilning o‘zida Indoneziya parlamenti Xalq vakillari kengashi, Hududlar vakillari kengashi, shuningdek Indoneziya Xalq maslahatlashuv kongressi delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘ldi, bu esa qonun ijodkorligi faoliyatini o‘rganish va tajriba almashish bo‘yicha ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligi rivojlanib borayotganligidan darak beradi. Xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro hamkorlik muhimligi ham ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar parlamentlararo hamkorlikni hamda xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirish yuzasidan birgalikda olib borilayotgan ishlarni davom ettirish haqida kelishib oldilar.
Mavzuga oid
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
19:34 / 11.01.2026