Og‘ir jarohatlardan qon ketishini to‘xtatuvchi ko‘pik ixtiro qilindi
Pensilvaniya universiteti tibbiyot maktabi xodimlari og‘ir jarohatlardan ham qon ketishini to‘xtatuvchi faol ko‘pikni ishlab chiqishga AQSh mudofaa vazirligidan 3 yillik shartnoma olishdi. Olimlar 1,4 mln dollarga nafaqat ushbu vositaning prototipini, balki qon oqishini to‘xtatuvchi va jarohatni zararsizlantiruvchi tarkibni yaratishadi.
Ushbu texnologiyaga harbiylardan tashqari boshqa idoralar, jumladan politsiya va tez yordam xizmati qiziqish bildirmoqda. Tarkib organizmga jarohatni “qopqoq kabi yopgan”dan so‘ng uning bitishi jarayonini boshlashga imkon beradi. Keyinroq qotib qolgan ko‘pik organizm tomondan oson qayta ishlanuvchi maxsus tarkibga aylanadi. Og‘ir jarohat olinganda va shoshilinch operatsiya talab qilinganda jarrohlar qotib qolgan gelni qizdirish yordamida chiqarib olishi mumkin.
Bir yil avval shunga o‘xshash vositani avstraliyalik olimlar taqdim qilishgandi. Ular operatsiyalardan keyin yaralar va jarohatlarni tikish o‘rniga kesik joylarni oqsilli yelim-germetik bilan to‘ldirishni taklif qilishgan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024