Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilgacha O‘zbekistonda 300 ga yaqin mehmonxona quriladi
2020 yilgacha O‘zbekistonda 300 ga yaqin mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda. KUN.UZ muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"O‘zbekistonda turistik oqim tobora oshib bormoqda, lekin hozircha bizning infratuzilmamiz talabga javob bermaydi. Masalan, mehmonxonalar yetishmovchiligi muammosi mavjud. Buni bartaraf etish maqsadida 2020 yilgacha O‘zbekistonda 300 ga yaqin mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda, brend darajasidagi mehmonxonalar (Marriott, Hyatt, InterContinental, Sheraton va b.) ham shular jumlasidandir. Bu mehmonxonalar vakillari bilan muayyan kelishuvlarga erishildi", - deydi Baxtiyor Umarov.

Ta'kidlash joizki, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi turizm sohasida mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida doimiy ravishda sohadagi asosiy tendensiyalar va sayyohlarning fikr-mulohazalarini o‘rganmoqda. Iyun oyida o‘tkazilgan so‘rovnomada O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlarning ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar turlari bo‘yicha fikrlari o‘rganildi. So‘rovnomada umumiy hisobda 72 mamlakatdan tashrif buyurgan 5756 nafar respondent ishtirok etgan.
So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, sayyohlarning asosiy qismi - 88 foizi O‘zbekistondagi joylashuv vositalari standarti umumiy sifatidan qoniqish hosil qilgan. 90 foiz sayyoh mamlakatdagi ovqatlanish standartlari sifatini ijobiy baholagan, xizmat ko‘rsatishning umumiy sifatidan qoniqish hosil qilgan turistlar esa 89 foizni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026