Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi yo‘nalish: Al-G‘ardaqa-Toshkent va Sharm-ash-Shayx-Toshkent
Joriy yilning oktabr-noyabr oyidan Al-G‘ardaqa-Toshkent va Sharm-ash-Shayx-Toshkent reyslarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. KUN.UZ muxbiri Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarovning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"Misrga tashrif doirasida shunday kelishuvlarga erishildi. Oktyabr-noyabr oylaridan birinchi marta Al-G‘ardaqa-Toshkent va Sharm-ash-Shayx-Toshkent reysini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. E'tiborli jihati, bu reyslar ularning avialiniyalari tomonidan amalga oshiriladi. Kelgusi oy boshida mutaxassislarimiz reysni amalga oshirishning aniq sanasi va qo‘shimcha ishlarga doir hujjatlarni imzolagani Misrga borishadi", - deya ma'lum qildi u.
Ma'lumot uchun: Al-G‘ardaqa - Misrning Qizil dengizda joylashgan kurort shahri. Sharm-ash-Shayx - Misrdagi Sinay yarim oroli va Qizil dengiz o‘rtasida joylashgan kurort shahar.
Mavzuga oid
10:38
Samarqand aeroporti muqobil aerodrom sifatida 5 ta reysni qabul qildi
12:30 / 22.12.2025
Yangi konlarni aniqlash: O‘zbekiston–Misr hamkorligi uchun ishchi guruh tuziladi
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
23:37 / 17.12.2025