Sport | 11:00 / 26.09.2018
4039
3 daqiqa o‘qiladi

«Atletiko» g‘alaba qozondi va turnir jadvalida yuqoriladi

25 sentabr oqshomida Ispaniya chempionatining 6-turiga start berildi.

«Espanol» o‘z maydonida «Eybar»ni qabul qilib, kichik hisobda g‘alaba qozondi – 1:0. Ikkinchi bahsda «Real Sosedad» va «Rayo Valekano» klublari durang qayd etdi – 2:2. Kunning so‘nggi o‘yinida «Atletiko» «Ueska»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alabaga erishdi – 3:0.

Ta'kidlash joiz, «Atletiko» hujumchisi Grizmann 389 daqiqaga cho‘zilgan golsiz seriyasiga barham berdi. U oxirgi marta 25 avgust kuni gol urgan, shundan so‘ng klubining 4 o‘yinidan buyon raqib darvozasini ishg‘ol eta olmay kelayotgan edi. Terma jamoalar miqyosdagi o‘yinlarni ham hisobga olganda, uning golsiz seriyasi 6 o‘yin yoki 580 daqiqani tashkil etdi.

«Matraschilar» bu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 11taga yetkazdi va turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi, «Ueska» 4 ochkosi bilan 18-o‘rinda qolmoqda. O‘z navbatida «Espanol» ham ochkolari sonini 10taga yetkazgan va 8-o‘rindan 4-o‘ringa o‘rlagan, «Eybar» 7 ochko bilan 11-o‘rinda qolmoqda. «Real Sosedad» 8 ochko bilan 7-o‘rinda, «Rayo Valekano» 4 ochko bilan 17-o‘rinda joylashgan.

Ispaniya chempionati
6-tur, 25 sentabr
Atletiko – Ueska 3:0 (3:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 16 Grizmann, 2:0 – 29 Parti, 3:0 – 33 Koke.
Atletiko – Oblak, Karlos Isaak, Ximenes (Lyuka Ernandes, 39), Godin, Filipe Luis, Korrea, Parti, Koke, Lemar, Diyego Kosta (Jyelson Martinsh, 65), Grizmann (Kalinich, 53).

Espanol – Eybar 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 68 Ermoso.

Real Sosedad – Rayo Valekano 2:2 (1:2, 1:0)
Gollar: 1:0 – 5 Bautista, 1:1 – 31 Advinkula, 1:2 – 36, penalti Trexo, 2:2 – 78 Villian Joze.

26 sentabr
23:00. Leganes – Barselona
23:00. Atletik – Vilyarreal
01:00. Sevilya – Real Madrid
01:00. Valensiya – Selta

27 sentabr
23:00. Valyadolid – Levante
23:00. Alaves – Xetafe
01:00. Jirona – Betis

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid