Light | 16:03 / 26.09.2018
14512
7 daqiqa o‘qiladi

Savol: Mask ilk ishlanmalariga mablag‘ni qayerdan olgan?

Foto: Reuters

Ilk daromad manbalari: o‘yinlar, taxtani tiladigan arra, “kompyuter ustasi” xizmatlari va tungi klub

Ilon Mask bolaligidayoq dasturlash orqali pul ishlashgan. U 1984 yilda Blastar kompyuter o‘yinini yozib, uni janubiy Afrikaning PC Office Technology jurnalida nashr ettirgan va evaziga 500 dollar olgan.

1988 yilda Janubiy Afrikadan Kanadaga kelib, Mask dastlab Valdek qishlog‘idagi qarindoshining fermasiga ishga kirdi, keyin Vankuverdagi taxta tilish sexlaridagi qozonxonalarni tozaladi.

Kanadada Mask akasi Kimbal bilan birgalikda navbatma-navbat tadbirkorlarga qo‘ng‘iroq qilishar,ish haqida kelishish uchun ularni tushlikka taklif qilishardi. Ular Yangi Shotlandiya banki menejyeri Piter Nikolsonga yoqib qolishdi. Keyinchalik u Ilonga bankda soatiga 14 dollarga amaliyot o‘tashni taklif qildi va uning ustoziga aylandi.

Foto: Business Insider

Kingstondagi Kuins universitetida o‘qish vaqtida Mask buyurtma asosida kompyuterlarni yig‘ar va ularni ta'mirlardi. 1992 yilda u Pensilvaniya universitetida o‘qish uchun ko‘chib o‘tdi. Mask kursdoshlari bilan o‘nta yotoqxonali uyni ijaraga oldi. O‘qish va turar-joy ijarasini to‘lash uchun dam olish kunlari uyni tungi klubga aylantirardi. O‘z tengdoshlarini dam olish uchun uyga taklif etardi. Biroq doim kechki tadbirlarni o‘zi nazorat qilgan.

1995 yilda Mask Stenford aspiranturasiga o‘qishga kirdi. Biroq ikki kun o‘tgach, internetni rivojlantirish va shaxsiy internet-kompaniyasini yaratish kerak, degan fikr bilan u yerdan ketdi. Uning g‘oyasi – “Har bir odam yaqin oradagi pitssaxonani topishi va unga qanday yetib olish bo‘yicha tushuntirishni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak”.

Global Link — Maskning ilk kompaniyasi

Eshli Vensning “Ilon Mask va fantastik kelajakni izlab” kitobida Maskning otasi o‘g‘lining ilk startapi uchun 28 ming dollar bergani aytilgan. Biroq  Mask buni inkor etadi: uning otasi bilan munosabatlari murakkab edi. Vens bilan suhbat davomida u o‘g‘lining xizmatlarini o‘ziniki qilib ko‘rsatgan.

“U hech nima qilmasdi. Kollej uchun haq to‘lamasdi. Biz akam bilan o‘qish uchun to‘lovni stipendiya, kredit va bir vaqtning o‘zida ikkita joyda ishlab to‘lardik”.

Ilk kompaniya uchun olingan moliyalashtirish Kremniy vodiysidagi kichik sarmoyadorlar guruhi tomonidan berilgan.

1995 yilda Ilon va Kimbal Mask Global Link kompaniyasini ochishdi. U ilk kompyuter foydalanuvchilari uchun mahalliy kompaniyalarni izlash servisini ishlab chiqish bilan mashg‘ul edi. Kompaniyani ochishda aka-ukalarning do‘sti Greg Kuri yordam bergan. U shaxsiy jamg‘armasidan 6 ming dollar kiritgan.

Foto: EMBlog

Ilon va Kimbalning puli deyarli bo‘lmagani sabab a'lo darajadagi qarorni qabul qilishdi: deyarli pul sarflashmasdi, yostiq ustida uxlashardi, ofisdan bir necha kvartal uzoqda bo‘lgan jamoat joyida yuvinishardi.

Aka-uka bitta kompyuterdan foydalanishgan: tunda unda ishlab, kunduz kuni serverni ishga tushirishgan. Internet arzon modem va kommutator orqali ishlagan, keyinchalik ofisning pastida joylashgan provayder bilan kelishishga muvaffaq bo‘lishdi: aka-uka simni zina bo‘ylab provayder ofisiga o‘tkazish uchun devorda teshik ochishdi.

Sayt ishga tushirilishi bilan Ilon Mask savdo nuqtalarida dastur savdosi uchun uchta kishini ishga oldi. Xarajatlarni minimal darajagacha pasaytirish kichik buyurtmalardan ham foyda olish imkonini berdi. Bu esa sarmoyadorlar uchun jozibador ko‘rinardi.

Investitsiyalar va Zip2 deb qayta nomlash

Global Link omon qoldi va kompaniyalarga xaritada to‘lov asosida joylashishni taklif qilib, asta-sekin kengaya bordi.1996 yilda Mohr Davidow Ventures fondi egalik huquqining asosiy paketi evaziga 3 mln dollar miqdorida sarmoya kiritishga rozilik berdi. Kompaniya nomini Zip2 deb o‘zgartirishdi. Ilon Mask o‘rniga tajribali tadbirkor Richard Sorkin bosh direktorga aylandi. Mask ijrochi vitse-prezident va texnik direktor o‘rnini saqlab qoldi.

Sorkin rahbarligi ostida Zip2 o‘z platformasini gazetalarga taklif etishni boshladi. Ular esa internet obunachilar uchun mahalliy kataloglarni tuzishardi.

The New York Times ilk mijozga aylandi. Kelishuv doirasida The Boston Globe gazetasi Boston.com saytidagi hodisa va ko‘rishga arzirli joylar haqidagi ma'lumotlarni joylashtirardi.

1998 yilda Zip2 platformasi bazaga san'at obektlari, ko‘ngilochar maskanlarni kiritdi va kompaniyalarni turli kategoriyalarga ajratdi. Zip2 160 ta gazeta bilan hamkorlik qilar, kichik shahar, tuman va shtatlar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqardi. Ilon Maskning so‘zlariga ko‘ra, 20 ta gazeta shaharlar bo‘yicha to‘liq gidlarga aylandi, qolganlari esa gidlarni mahalliy joylar bo‘yicha veb-saytlarga joylashtirdi.

Mask  Sorkinning biznes boshqaruv siyosatiga rozi emasdi. 1998 yilda u Zip2’ning o‘ziga o‘xshash servis CitySearch bilan birlashuviga qarshi chiqdi. Direktorlar kengashini Sorkinni almashtirishga ko‘ndirdi. Derek PraudianZip2’ning yangi bosh direktoriga aylandi.

Zip2’ning sotib olinishi va yangi ibtido

1999 yilda Compaq Computer Zip2’ni 307 million dollarga sotib oldi. Kompaniya Altavista qidiruv tizimi hamda sotib olingan Compaq’ning bo‘linmasiga aylandi. O‘zining gidni izlash bo‘yicha qidiruv imkoniyatini kengaytirdi.

Foto: Business Insider

Mask 22 million dollar oldi. Pulning bir qismini ilk onlayn-banklardan biri  - X.com’ni yaratish uchun sarfladi. Kimbal X.com investoriga aylandi. 2001 yilning iyun oyida servis PayPal to‘lov tizimi bilan birlashdi. Ilon Maskka PayPal’dan 165 million dollar tegdi. Undan 100 million dollarni SpaceX’ni yaratish uchun sarfladi.

Kimbal Mask Nyu-Yorkka ketdi va u yerda Funky Talk ijtimoiy tarmog‘ini yaratdi. Hozirda Kimbalning shaxsiy restoran biznesi va ovqatlanish tizimi bor. U sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi Learning Gardens o‘quv dasturini ham ishlab chiqqan.

Mavzuga oid