Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Temir quvurlarni o‘g‘irlab ketayotgan shaxslar qo‘lga tushdi - IIV
25 sentabr kuni Navoiy shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Karmana tumanida yashovchilar S.Z., A.R. va Sh.O. fuqaro M.Z.ga tegishli umumiy qiymati 8 mln. so‘mlik temir quvurlarini o‘g‘irlab ketayotgan vaqtida shu hududda xizmat olib borayotgan Navoiy shahar ichki ishlar organlari va Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib bormoqda.