Jahon | 09:28 / 27.09.2018
21979
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp BMTdagi nutqi vaqtidagi kulgiga izoh berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp BMT Bosh assambleyasining 73-sessiyasi ochilishidagi nutqi vaqtida ishtirokchilar uning ustidan kulishmaganini aytdi.

Tramp 73-sessiyasidagi nutqini uning Oq uyga kelishi bilan AQShdagi ishlar yurishib ketgani haqidagi so‘zlar bilan boshlagan. U ikki yil ichida undan avvalgi prezidentlar erishganidan ko‘proqqa erisha olganini aytgan. Uning bu so‘zlaridan keyin zalda kulgi ko‘tarilgan.

“Bunday munosabatni kutmagandim, biroq hammasi risoladagidek”, deb biroz xijolat tortgan holda aytgan Tramp va o‘z nutqini davom ettirgan. 

“Ular mening ustimdan emas, balki men bilan birga kulishdi. Bu mening ustimdan kulish bo‘lmadi”, deb izoh bergan vaziyatga Tramp, biroq nima uchun bunday o‘ylashini aytmagan.

“Men aksariyat qismi boshqa davlatlar yoki BMTdan bo‘lgan yuqori darajadagi professional odamlar guruhi oldida nutq so‘zladim. Olqishlar, qarsakbozliklar, tabassumlarni uncha xush ko‘rmaydigan odamlar oldida. Men biroz shovqinni eshitib “Davlatimiz har qachongidan kuchliroq” deb aytdim. Va bu aynan shundaydir. Men yana shovqin eshitdim va “Bu haqiqatdir” deb qo‘shimcha qildim. Shundan keyin kulgi ovozi eshitildi. Men bunday bo‘lishini kutmaganimni aytdim”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Mavzuga oid