Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasidagi öz nutqida Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Tramp zalda kulgi keltirib çiqardi. Bu haqda CBS News telekanali xabar bermoqda.

«Ikki yildan kamroq muddat içida mening ma'muriyatim mamlakat tarixidagi har qanday boşqa ma'muriyatdan köra köproq natijalarga erişdi», - dedi Tramp.

Aynan şu gapdan söng BMT zalida ötirgan diplomatlar kulib yuborgan. Bunga javoban Amerika yetakçisi «bunday reaksiyani kutmaganligi, ammo bu normal holat» ekanini aytdi.

U kulgi töxtamaganiga qaramay öz nutqini davom ettirdi, deya ta'kidlaydi telekanal. Şundan söng Tramp Germaniyani Rossiya energetikasiga tayanganligi uçun tanqid qildi.

«Agar siyosatini darhol özgartirmasa, Germaniya Rossiya energetikasiga töla qaram bölib qoladi. Bu yerda, ğarbiy yarim şarda biz mustaqilligimizni xorijiy davlatlar ekspansionistik tajovuzlaridan saqlab qolişga harakat qilmoqdamiz», - dedi Tramp.

CBS News’ning ta'kidlaşiça, germaniyalik diplomatlar darhol kulib yuborişgan. Amerika yetakçisi GFRga murojaatida «Şimoliy oqim-2» gaz quvuri loyihasini nazarda tutgan, deya aniqlik kiritgan telekanal. Şunga qaramasdan, tabiiy gaz Germaniya energiya iste'molining taxminan 25 foizini taşkil qiladi, şuning uçun mamlakat Rossiyaga «butunlay qaram bölib qoladi» deyiş - şubhali gap, deya xulosa qiladi CBS News.

Eslatib ötamiz, avvalroq Makron BMT Boş assambleyasida Trampni sezilmaydigan qilib tanqid ostiga olgani aytilgandi.