AQŞ prezidenti Donald Tramp BMT Boş assambleyasining 73-sessiyasi oçilişidagi nutqi vaqtida iştirokçilar uning ustidan kulişmaganini aytdi.
Tramp 73-sessiyasidagi nutqini uning Oq uyga kelişi bilan AQŞdagi işlar yurişib ketgani haqidagi sözlar bilan boşlagan. U ikki yil içida undan avvalgi prezidentlar erişganidan köproqqa erişa olganini aytgan. Uning bu sözlaridan keyin zalda kulgi kötarilgan.
“Bunday munosabatni kutmagandim, biroq hammasi risoladagidek”, deb biroz xijolat tortgan holda aytgan Tramp va öz nutqini davom ettirgan.
“Ular mening ustimdan emas, balki men bilan birga kulişdi. Bu mening ustimdan kuliş bölmadi”, deb izoh bergan vaziyatga Tramp, biroq nima uçun bunday öylaşini aytmagan.
“Men aksariyat qismi boşqa davlatlar yoki BMTdan bölgan yuqori darajadagi professional odamlar guruhi oldida nutq sözladim. Olqişlar, qarsakbozliklar, tabassumlarni unça xuş körmaydigan odamlar oldida. Men biroz şovqinni eşitib “Davlatimiz har qaçongidan kuçliroq” deb aytdim. Va bu aynan şundaydir. Men yana şovqin eşitdim va “Bu haqiqatdir” deb qöşimça qildim. Şundan keyin kulgi ovozi eşitildi. Men bunday bölişini kutmaganimni aytdim”, deb qöşimça qilgan Tramp.













