Jahon | 08:59 / 27.09.2018
5603
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp KXDRning yadrosizlanishini tezlashtirishdan bosh tortdi

Foto: Jonathan Ernst/Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreyaning yadrosizlanishi muddatlari Vashington uchun ahamiyatga ega emasdir. Bu haqda u matbuot anjumani davomida aytib o‘tdi, deya xabar beradi Reuters.

«Menimcha, biz haqiqatdan ham juda muhim ishni qilmoqchimiz, ammo vaqt bilan o‘ynashmaymiz. Bu ikki, uch yil yoki besh oyni talab qilar - bu muhim emas», - dedi Tramp tegishli savolga javob qaytarib.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen Inni maqtagandi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvda Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In haqida ijobiy fikrlar bildirgan.

«Koreya Mehnat partiyasi raisi Kim [Chen In], ochiq aytadigan bo‘lsam, juda ochiq va ajoyib insondir», - deya ma'lum qilgan Tramp.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid