Sport | 08:13 / 28.09.2018
3634
3 daqiqa o‘qiladi

A Seriya. «Milan»da yana durang, «Sassuolo» 3-o‘ringa chiqib oldi

Foto: Getty Images

27 sentabrdagi 2 ta o‘yin bilan Italiya A Seriyasida 6-turga yakun yasaldi.

Kecha SPAL maydoniga safar uyushtirgan «Sassuolo» 2-bo‘limda kiritilgan 2 ta javobsiz gol evaziga g‘alaba qozondi va shu turda «Inter»ga mag‘lub bo‘lgan «Fiorentina»ni (1:2) musobaqa jadvalida ortda qoldirib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

6-turga qadar faqat bir marta g‘alaba qozongan «Milan» (3-turda «Roma» 2:1 hisobida mag‘lub etilgan edi) bu safar ham 3 ochko olishning uddasidan chiqa olmadi. Jyennaro Gattuzo shogirdlari bu safar «Empoli» maydonidan durang bilan qaytdi – 1:1.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» 1-tur o‘yinini hali o‘tkazmagan. «Jyenoa»ga qarshi bahs ushbu klub joylashgan shahardagi ko‘prikning qulab tushishi tufayli 31 oktabrga qoldirilgan.

Italiya chempionati
6-tur, 27 sentabr
SPAL – Sassuolo 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 59 Adjapong, 0:2 – 90 Matri.
 
Empoli – Milan 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 10, avtogol Kapetstsi, 1:1 – 71, penalti Kaputo.
Milan – Donnarumma, Kalabriya, Musakko, Romanoli, Laksalt, Kessie (Bakayoko, 78), Bigliya, Bonaventura, Suso, Borini (Kutrone, 73), Chalxanoglu(Kastilexo, 73).

26 sentabr
Udineze – Latsio 1:2 (0:0, 1:2)

Gollar: 0:1 – 61 Acherbi, 0:2 – 66 Korrea, 1:2 – 80, avtogol Badel.
 
Napoli – Parma 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 4 Insine, 2:0 – 47 Milik, 3:0 – 84 Milik.
Napoli – Karnezis, Malkyui, Maksimovich, Kulibali, Mariu Ruy, Fabian Ruis, Allan, Diavara, Zelinski (Verdi, 76), Milik (Una, 85), Insine (Mertens, 68).

Roma – Frozinone 4:0 (3:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 2 Under, 2:0 – 28 Pastore, 3:0 – 35 El-Shaaravi, 4:0 – 87 Kolarov.
Roma – Olsen, Santon, Manolas (Markano, 46), Fasio, Kolarov, de Rossi (Pellegrini, 82), Nzonzi, Under, Pastore (Dzanolo, 67), El-Shaaravi, Shik.
 
Yuventus – Bolonya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 11 Dibala, 2:0 – 16 Matyuidi.
Yuventus – Perin, Bardzali (Aleks Sandro, 86), Bonuchchi, Benatiya, Kuadrado (Bernardeski, 76), Bentankur, Pyanich (Djan, 64), Matyuidi, Joau Kanselu, Dibala, Ronaldu.
 
Jyenoa – Kevo 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 42 Pentek, 2:0 – 54 Pandev.
 
Kalyari – Sampdoriya 0:0 (0:0, 0:0)
 
Atalanta – Torino 0:0 (0:0, 0:0)

25 sentabr 
Inter – Fiorentina 2:1 (1:0, 1:1)

Gollar: 1:0 – 45, penalti Ikardi, 1:1 – 53, avtogol Shkrinyar, 2:1 – 77 D`Ambrozio.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Shkrinyar, Asamoa, Vesino (Keyta Balde, 68), Brozovich, Kandreva (Politano, 58), Nainggolan, Perishich(Galyardini, 88), Ikardi.

Mavzuga oid