Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov MDH TIVK majlisida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 27 sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
MDH ishtirokchi davlatlari TIV rahbarlari 27-28 sentabr kunlari Tojikiston poytaxtida bo‘ladigan MDH Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.
Majlisda kun tartibining hamda davlat rahbarlari imzolashi uchun kiritiladigan hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishildi.
Tadbirda xalqaro kun tartibining va MDH formatida hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025