Jahon | 13:20 / 28.09.2018
8447
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik amaldorlar endi bayram kunlaridagi dabdabali to‘ylar uchun jazolanadilar

Foto: Bobby Yip / Reuters

Xitoylik amaldorlardan XXR tashkil topgan kun (1955 yil 1 oktabr) munosabati bilan bir hafta davom etadigan festival vaqtida tejamkorlik bo‘yicha qat'iy qoidalarga amal qilish so‘raldi. Tegishli qaror Tartib-intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiya tomonidan qabul qilindi. Bu haqda Channel News China xabar bermoqda.

Komissiyaning bildirishicha, mansabdor shaxslar davlat mablag‘larini ko‘p holatlarda ziyofatlar, sovg‘alar berish uchun sarflab yuboradilar, shuningdek, rasmiy ruxsatnoma olmasdan turib xizmat mashinalaridan foydalanadilar. Bundan tashqari, dabdabali to‘ylar va dafn marosimlarini o‘tkazish uchun juda katta mablag‘ sarf qilinadi.

«Ushbu bayramlar mansabdor shaxslarning dam olishi uchun juda mosdir, ammo bu paytda intizomga qat'iy rioya qilish kerak», - deya ogohlantiradi Tartib-intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiya. U davlat xizmatchilarini «tejamkorlik kodi»ga, ayniqsa, byudjyet mablag‘larini tejashga chaqirdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan davrda bayramlar paytida byudjyet mablag‘larini talon-taroj qilish holatlari bo‘yicha 989ta ish qo‘zg‘atilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid