Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada zilzila va sunami oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Indoneziyada sunami (okeanda suvosti zilzilasi yoxud vulqonlarning otilishidan hosil bo‘ladigan ulkan to‘lqin) oqibatida yuz bergan bir nechta zilzila natijasida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, zilzilalar va sunami paytida 12 kishi jarohat olgan.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar soni haqidagi ma'lumotni mahalliy shifoxona vakili tasdiqladi.
28 sentabr kuni Indoneziyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deyiladi AQSh Geologiya xizmati (USGS) saytida.
Shu bilan birga, mamlakat hududida 5,8 magnitudali zilzilalar seriyasi qayd etildi. Reuters xabarlariga ko‘ra, Indoneziyaning Sulavesi oroliga yuz bergan zilzilalar natijasida balandligi 2 metrgacha bo‘lgan sunami yopirildi.
Mavzuga oid
08:02 / 11.04.2026
Kosmosdan tarixiy kuzatuv: sunami paydo bo‘lishi ilk bor muhrlandi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026