Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko o‘z zavodini nega sotayotganini ma'lum qildi
Foto: Facebook /Petro Poroshenko
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, «Kuznitsa na Ribalskom» kemasozlik zavodini manfaatlar to‘qnashuvidan qochish maqsadida sotishga qaror qildi. Bu haqda u «Innovatsiyalar. Investitsiyalar. Xarkov tashabbuslari» xalqaro iqtisodiy forumida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deya xabar beradi RIA Novosti.
«Korxona obektiv ravishda mudofaa qudratini kuchaytirishda muhim rol o‘ynay olmasligi hisobga olinib, men manfaatlar to‘qnashuvidan to‘la xalos bo‘lishni xohladim. Shuning uchun unda endi boshqa mulkdor bo‘ladi, ammo u ukrainalik bo‘lishi shart», - deya tushuntirdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko o‘zining kemasozlik zavodini sotishi haqida xabar berilgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning aktivlarini boshqaruvchi jamg‘arma «Kuznitsa na Ribalskom» kemasozlik zavodini sotish haqida kelishib olgan. Hozirgi paytda monopoliyaga qarshi xizmatdan ruxsat olinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
07:55
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
20:44 / 08.05.2026
Ukraina «sulh»ning birinchi kunida Rossiya bo‘ylab yuzlab dron uchirdi
18:10 / 08.05.2026