Jahon | 12:42 / 26.09.2018
9724
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko o‘zining kemasozlik zavodini sotadi

Foto: AFP

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning aktivlarini boshqaruvchi jamg‘arma «Kuznitsa na Ribalskom» kemasozlik zavodini sotish haqida kelishib oldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, hozirgi paytda monopoliyaga qarshi xizmatdan ruxsat olinishi kutilmoqda.

Ta'kidlanishicha, ko‘rsatilgan zavod kimyoviy moddalarni olib o‘tuvchi tankerlar, quruq yuk tashiydigan kemalar, konteyner tashuvchilar, baliq ovlaydigan muzlatgichga ega traulerlar, maxsus maqsaddagi kemalar, qozonxona va kema ta'mirlash agregatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Avvalroq, Poroshenko «Xalqaro investitsiya banki» (XIB)dagi omonatlardan olgan taxminan 48 ming dollar daromadni foizlar ko‘rinishida deklaratsiyadan o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Avgust oyi oxirlarida deklaratsiyaga kiritilgan avvalgi ma'lumotlarda prezident 1,13 mln dollar miqdorida dividendlar olganini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov eshikni adashtirib yuborgan Poroshenkoning ustidan kulgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid