Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik sayyohlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi keskin oshmoqda
So‘nggi yillarda xitoylik sayyohlarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishining keskin ortmoqda. Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Toshkent Xalqaro Turizm yarmarkasida (TXTYa) ilk marta Xitoy Xalq Respublikasi ham qatnashishi buning isbotidir.
3 oktabrda "O‘zekspomarkaz"da start beriluvchi 2018 yilgi TXTYada Xitoy delegatsiyasining ishtirok etishi ushbu ko‘rgazmaning jahon sahnidagi o‘rni tobora oshib borayotgani va turistik sohada tizimli ravishda madaniy, ijtimoiy va iqtisodiy tajriba almashuvi uchun jiddiy maydonga aylanib borayotganidan dalolatdir. Xitoyda ham O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishning keskin ortishi kuzatilmoqda.
Ta'kidlash joizki, E-visa tizimi yo‘lga qo‘yilganidan boshlab to bugunga qadar 2400 dan ziyod Xitoy fuqarosi O‘zbekistonga kirish imkonini beruvchi elektron vizani qo‘lga kiritgan.
Bundan tashqari, yozda Xitoyning 80 million aholiga ega bo‘lgan Yantsszu provinsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi, CCTV kanalida O‘zbekistonning turistik salohiyatiga doir video 150 milliondan ortiq xitoylik tomonidan ko‘rilgan.
Mavzuga oid
13:25 / 23.02.2026
O‘zbekiston–AQSh turistik almashinuvi: yanvar oyi ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
19:10 / 21.02.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
11:55 / 20.02.2026