Jamiyat | 15:30 / 30.09.2018
22473
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi to‘yxonada 23 kishi ovqatdan zaharlandi

28 sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi to‘yxonalardan birida 23 kishi ovqatdan zaharlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 28 sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 kishi olib kelingan. 29 sentabr kuni yana 7 kishi keltirilgan.

Bu fuqarolarning barchasi shifoxonaga ovqatdan zaharlanish «O‘tkir gastroenterit» tashxisi bilan yotqizilgan.

Bemorlarning so‘zlariga ko‘ra, ular 27 sentabr kuni Qarshi shahridagi «Baxtli oila» to‘yxonasida to‘y marosimida turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini aralash iste'mol qilishgani ortidan o‘zlarini noxush seza boshlashgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid