Sport | 15:50 / 30.09.2018
17638
1 daqiqa o‘qiladi

Mbappe eng qimmatbaho futbolchiga aylanishi mumkin

«Manchester Siti» «Pari Sen-Jyermen» hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olmoqchi.

ESPN nashri ma'lumotiga ko‘ra, inglizlar klubi 19 yoshli futbolchi uchun 200 mln funt (224 mln yevro) to‘lashga tayyor. «Manchester Siti» rahbariyati qishki transferlar chog‘ida fransiyalik hujumchini o‘ziniki qilishni rejalashtirgan.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Mbappe futbol tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylanishi mumkin bo‘ladi. Ayni vaqtda bu boradagi rekord o‘tgan yozda «Barselona»dan «PSJ»ga 222 mln yevroga transfer qilingan braziliyalik hujumchi Neymarga tegishli bo‘lib turibdi. 

Mbappe «PSJ» safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsumda 4 o‘yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 1 golga uzatma berdi.

Mavzuga oid