Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Messi Argentina termasiga qaytadi»
Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Xuan Roman Rikelme «Barselona» hujumchisi Lionel Messi yana milliy terma jamoa safiga qaytishiga umid bildirmoqda. Bundan avvalroq Messi xalqaro faoliyatida tanaffusga chiqqani va 2018 yilda terma jamoa uchun boshqa o‘ynamasligi haqida xabarlar berilgandi.
«Messi yana terma jamoa uchun o‘ynay boshlashiga shubha qilmayman. Biz ko‘p muloqot qilamiz, ammo u bilan terma jamoa haqida gaplashmadim. Ko‘rinishidan u albatta qaytadi. Unga Argentina uchun o‘ynash muhim», — deya Rikelmening so‘zlarini keltirgan Mundo Deportivo.
Rossiyadagi jahon chempionatida Argentina pley-off bosqichiga qiyinchilik bilan chiqdi. 1/8 finalda esa argentinaliklar fransuzlarga 3:4 hisobida yutqazdi. Messi mundialda bir gol urdi va ikki golga uzatma berdi.
Mavzuga oid
02:36 / 31.10.2023
Lionel Messi - 8 karra «Oltin to‘p» sohibi
02:03 / 14.12.2022
JCh-2022. Argentina Xorvatiyani yirik hisobda yengib finalga yo‘l oldi, Messida gol+assist, Alvaresda dubl
03:22 / 10.12.2022
JCh-2022. Argentina Niderlandiya bilan dramatik o‘yinda penaltilar seriyasi orqali yarimfinalga yo‘l oldi
02:17 / 04.12.2022