Qatarda ötayotgan jahon çempionati yarimfinalning dastlabki juftligi ma’lum böldi.

Ikkinçi çorakfinalda Niderlandiya Argentinaga qarşi bahs yuritdi. Messining ajoyib assisti va golidan söng argentinaliklar ikki töp farqida oldinga çiqib olişgandi, ammo Van Gal zaxiradan tuşirgan Vegorst 83 va 90+11-daqiqalarda gollar urib, bellaşuvni qöşimça bölimlarga olib bordi. «Ekstra-taymlar»da ham ğolib aniqlanmadi, penaltilar seriyasida esa Martinesning 2ta seyvi «albiseleste»ga ğalaba keltirdi.

Argentina 13 dekabr kuni yarimfinalda Braziliyani musobaqadan çiqarib yuborgan Xorvatiya bilan öynaydi. Ikkinçi yarimfinalda Marokaş-Portugaliya va Angliya-Fransiya juftliklari ğoliblari töqnaş keladi. 

JÇ-2022. 1/4 final
Niderlandiya — Argentina 2:2
Penaltilar seriyasi — 3:4.
9 dekabr, «Lusail»
Gollar: Vegorst (83, 90+11) — Molina (35), Messi (73, penalti).
Niderlandiya – Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, Timber, Blind (Lyuk de Yong, 64), de Ron (Kopmeyners, 46), Frenki de Yong, Depay (Vegorst, 78), Bergveyn (Bergeys, 46), Gakpo (Lang, 113).
Argentina – Emiliano Martines, Molina (Montiel, 106), Otamendi, Romero (Pesselya, 78), Lisandro Martines (Di Mariya, 112), Akunya (Talyafiko, 78), De Paul (Paredes, 66), Mak Allister, Fernandes, Messi, Alvares (Lautaro Martines, 82).
Ogohlantirişlar: Timber (43), Akunya (43), Romero (45), Vegorst (45), Depay (76), Lisandro Martines (76), Bergeys (88), Paredes (89), Messi (90+10), Otamendi (90+12), Bergveyn (90+13), Montiel (109), Pesselya (112).