«Sharq» tezyurar poyezdiga modernizatsiya qilingan yangi vagonlar ulandi
Bugungi kunda mamlakatimizda tashqi va ichki turizm sohasini yanada rivojlantirishda temiryo‘l transportining alohida o‘rni bor. Yildan-yilga temiryo‘l transportida qator yangiliklar joriy etilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimiz fuqarolari hamda xorijlik sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatishdir.
Xususan, keyingi yillarda «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, jamiyat tomonidan yo‘lovchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishidagi «Sharq» tezyurar elektropoyezdiga modernizatsiya qilingan bir nechta vagon ulandi.
Ta'kidlash joizki, ushbu vagonlar oldingi vagonlarga qaraganda qator qulayliklarga ega. Xususan, oldingi vagonlar 36 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa, yangi vagonlar 48 yo‘lovchini sig‘dira oladi. Yangi vagonlar tashqi shovqindan himoyalangan bo‘lib, sovutish va isitish tizimlariga ega. Bundan tashqari, qo‘l yuvish xonalari oldingi vagonlarga qaraganda keng qilib qurilgan. Vagonlarda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatiladi.
Bunday vagonlar bosqichma-bosqich ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
10:12 / 22.11.2024
Metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
23:28 / 14.11.2024
«Milliy bog‘» metro bekatida poyezd texnik nosozlik sabab to‘xtatildi
20:45 / 12.11.2024