Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonlik chempionlar o‘z murabbiylarini qutlashdi
Andijon viloyatini bejiz “Chempionlar yurti” deya atamaydilar. Chunki viloyatda yurt bayrog‘ini qit'a va jahon sport forumlarida yuqori ko‘targan ko‘plab g‘olib sportchilar yetishib chiqqan va kamol topmoqda. Ularning bu darajaga yetishlari murabbiylarning matonatli mehnatlari samarasidir.
“Ustoz va murabbiylar” bayrami munosabati bilan Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov bilan birgalikda olimpiya zaxiralari maktab-internatiga shogird va ustozlarni yo‘qlab bordik.
Joriy yil Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan bokschimiz Iqboljon Xoldorov o‘z ustozi Abduvohid Jalolovni bayram bilan tabrikladi.
“To‘rt yildan buyon ustoz sabog‘ini olib, muvaffaqiyatlarga erishdim. Abduvohid akani va barcha murabbiylarni bayram bilan qutlayman”,-deydi Iqboljon Xoldorov.


Osiyo o‘yinlaridagi milliy kurash turi musobaqalarida bronza medalini qo‘lga kiritgan Oysuluv Abdumajidovaning ustozi - Sobirjon Pardayev. “Nasib qilsa, murabbiyim ko‘magi bilan hali ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritaman. Sobirjon akaga rahmat aytish bilan birgalikda, bugungi bayram bilan tabriklayman”, - deydi Oysuluv.


Yana bir yosh murabbiy Shahnoza Merganovaning uch shogirdi So‘g‘diyona Jaloliddinova, Muhayyo Sotqinboyeva va Farrux Xabibullayevlar Rossiyaning Tula shahrida bo‘lib o‘tgan Qo‘l jangi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘ldilar.



Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
19:54 / 21.01.2026
Andijon viloyati hokimining 7 yilga qamalgan sobiq o‘rinbosari Botirjon Hamroyev ozodlikka chiqdi
18:35 / 20.01.2026
Yil yakuniga qadar har bir tuman va shahardagi maktabda kurash klubi ochiladi
14:02 / 20.01.2026
Elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangan mayning qurilmalari topildi
00:07 / 01.01.2026