Jamiyat | 07:53 / 01.10.2018
4694
2 daqiqa o‘qiladi

Bog‘chadagi bolalar uchun jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqami beriladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan belgilanishicha, “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ hamda Adliya vazirligi qoshidagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha:

bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanganda;

maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan bolalar uchun jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha xizmatni joriy etadi.

Maktabgacha ta'lim vazirligi:

a) o‘n kunlik muddatda Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining Vasiylik kengashlarini tugatadi hamda Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining Kuzatuv kengashlarini tuzadi;

b) bir oylik muddatda:

davlat maktabgacha ta'lim muassasalari tomonidan dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin belgilangan dasturdan tashqari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish (bolalarni parvarishlash, qarab turish, o‘qitish bo‘yicha va boshqalar) tartibini tasdiqlaydi;

Maktabgacha ta'lim muassasasining kuzatuv kengashi haqida nizomni tasdiqlasin va unda, shu jumladan, Kuzatuv kengashiga Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta'lim muassasasi rahbarini saylash huquqi berilishi nazarda tutiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid