Jahon | 16:00 / 01.10.2018
11119
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri GRUga tahdid qildi

Foto: Globallookpress

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jyeremi Xant GRUga tahdid bilan chiqdi va Rossiya Buyuk Britaniya ishlariga aralashgani hamda xalqaro qoidalarga beparvo munosabatda bo‘layotgani uchun «juda katta narx» to‘lashini va'da qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uning ta'kidlashicha, Britaniya rahbariyati mamlakatda «GRU tarmog‘ini yopishni» rejalashtirmoqda.

«Buyuk Britaniya hukumati tepasida konservatorlar o‘tirar ekan, Kreml uchun oddiy xabar jo‘natilishda davom etadi: agar bu davlat ishlariga aralashsangiz, kimyoviy quroldan foydalansangiz, xalqaro qoidalar bo‘yicha o‘ynamasangiz, narx har doim juda yuqori bo‘ladi», - deya ma'lum qildi Xant.

Bu haqda vazir Britaniya Konservativlar partiyasining yillik anjumanida aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Petrovning haqiqiy ismi qachon oshkor etilishi ma'lum bo‘lgandi

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid