Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada darg‘azab Trampning noodatiy haykali paydo bo‘ldi
Buyuk Britaniyada yosh qizcha ustida darg‘azab holda egilib turgan AQSh prezidenti Donald Trampning haykali paydo bo‘ldi. Bu haqda The Bailiwick Express yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, haykallar Greyt-Missenden qishlog‘ida o‘rnatilgan va ko‘p yillar davomida qishloqda yashagan va ishlagan britaniyalik yozuvchi Roald Dal tomonidan yaratilgan «Matilda» qissasi e'lon qilinganining 30 yilligi bilan bog‘liq.
Syujyetga ko‘ra, Matilda direktor-diktatori miss Tranchbullga qarshi chiqadi. Haykal o‘rnatilishi munosabati bilan tashkil etilgan so‘rovnomada ko‘rsatilishicha, respondentlarning 42 foizining fikriga ko‘ra, bugungi kunda asar qahramon, katta ehtimol bilan, Amerika yetakchisiga qarshi chiqqan bo‘lardi. Aynan shuning uchun haykallar guruhida Tramp paydo bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp NYT jurnalisti bilan g‘avg‘o boshlagani xabar qilingandi.