Jahon | 08:26 / 01.10.2018
4038
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Suriyada jangarilar qurolsizlanishi uchun pul ajratishga tayyor

Foto: RIA Novosti

BMT bosh kotibining huquq ustuvorligi va xavfsizlik muassasalari bo‘yicha yordamchisi Aleksandr Zuyevning ma'lum qilishicha, Yevropa ittifoqining ko‘plab davlatlari Suriyada jangarilarni qurolsizlanish uchun pul ajratishga tayyor turibdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqi davlatlari suriyalik qochqinlar o‘z yurtiga qaytishidan manfaatdordir. Zuyevning ta'kidlashicha, bunday dasturni tayyorlashga bir necha oy ketadi, ammo hali BMT Xavfsizlik kengashining tegishli mandati va Suriya hukumatidan murojaat yo‘qdir.

«Men ishonchim komilki, ko‘plab g‘arbiy Yevropa davlatlari Yaqin Sharq va Suriyadan migratsiya oqimini to‘xtatishdan manfaatdordir. Bu davlatlar orasida Shvetsiya, Germaniya, Norvegiya, Niderlandiya, Fransiya kabi juda katta donorlar bor», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yetti davlat BMTga Suriya bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid