Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an AQSh o‘zining Turkiyaga nisbatan "xato qarashlari"ni o‘zgartirishiga umid bildirdi
Foto: TASS
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vashington Anqaraga nisbatan o‘z siyosatini strategik sheriklik ruhiga muvofiq o‘zgartirishiga umid bildirdi. U bu haqda parlamentning yozgi ta'tildan so‘ng ish boshlashi marosimidagi chiqishida aytdi.
"Ishonchim komil, oxir-oqibat Amerika ma'muriyati o‘zining Turkiyaga nisbatan xato qarashlarini ko‘rib chiqadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik aloqalarni hisobga olgan holda AQShning bizga nisbatan butkul o‘zgaruvchanligi tashvishlantirmoqda. Umid qilamizki, tez orada Amerika bilan iqtisodiyot va siyosatda strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni yana rivojlantiramiz", - dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, "AQSh Turkiyaning ogohlantirish va tashvishlanishiga qaramasdan Suriyadagi ayirmachi va terrorchi tashkilotlar bilan hamkorlik qildi.
"Qonunsizlikning yana bir namunasi "Xalkbank" ishidir. Va biz allaqanday pastorni ro‘kach qilib bizga nisbatan sanksiyalar kiritishga urinayotgan bema'ni fikrga qarshi qat'iy kurashamiz", - dedi Erdo‘g‘an Turkiya tomonidan terrorchilikka aloqadorlikda ayblanayotgan amerikalik pastor Endryu Bransonni nazarda tutib.
Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
14:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
10:06 / 26.05.2026