Jahon | 15:26 / 01.10.2018
6579
2 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh sanksiyalariga qarshi turish mexanizmini ishlab chiqyapti

Foto: REUTERS

Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abbos Arakchi AQSh tomonidan mamlakatga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga imkon beradigan mexanizm ustidagi ish haqida gapirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Yevropada maxsus maqsadlar uchun mexanizm (Special purpose vehicle, SPV) ishlab chiqilmoqda, u biznesni yuritish va Eron tomoni bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, undan nafaqat Yevropa davlatlari, balki Eronning boshqa hamkorlari ham foydalanishi mumkin.

«Biz AQSh sanksiyalarining ikkinchi to‘lqini joriy qilinishidan oldin bu mexanizm ishlab chiqilishi hamda ishlay boshlashiga umid qilmoqdamiz», - dedi Arakchi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, shuningdek, gap Amerika tomonining cheklovlarini chetlab o‘tgan holda neft savdosiga imkon beradigan ikki tomonlama mexanizmlarni yaratish haqida ham ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV: AQSh Eron bilan bitimni «ko‘mib tashlashga» urinayotgani xabar berilgandi

 

Mavzuga oid