Eron Ahvozdagi terakt tashkilotchilarini bombardimon qildi
Eron Suriyadagi Furot daryosining sharqiy qirg‘og‘ida Ahvozdagi terakt tashkilotchilari obektlariga raketa zarbalarini berdi. Bu haqda Fars agentligi xabar tarqatdi.
Hujum 1 oktabr kuni tungi soat ikkilar atrofida amalga oshirildi. Ta'kidlanishicha, zarba Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi - Eron Qurolli kuchlarining nufuzli qismlari tomonidan berilgan. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, zarbalarni berish chog‘ida ballistik raketalardan foydalanildi.
Uchirilgan raketalarning aniq soni noma'lum. Hujum natijasida ko‘plab terroristlar yo‘q qilindi, jabrlanganlar ham borligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron AQSh sanksiyalariga qarshi chiqishda davom etishini ma'lum qilgandi.
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarifning ma'lum qilishicha, mamlakat AQSh sanksiyalariga qarshi chiqishda davom etadi.
Mavzuga oid
20:27 / 23.11.2024
Suriya hududidan eng qadimiy alifbo topildi
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024
AEXA rahbari Eron yadro dasturi bo‘yicha hisobot tayyorlaydi
16:13 / 20.11.2024