Eron Suriyadagi Furot daryosining şarqiy qirğoğida Ahvozdagi terakt taşkilotçilari obektlariga raketa zarbalarini berdi. Bu haqda Fars agentligi xabar tarqatdi.

Hujum 1 oktabr kuni tungi soat ikkilar atrofida amalga oşirildi. Ta'kidlanişiça, zarba Islom inqilobi qöriqçilari korpusi - Eron Qurolli kuçlarining nufuzli qismlari tomonidan berilgan. Agentlik ma'lumotlariga köra, zarbalarni beriş çoğida ballistik raketalardan foydalanildi.

Uçirilgan raketalarning aniq soni noma'lum. Hujum natijasida köplab terroristlar yöq qilindi, jabrlanganlar ham borligi aytilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eron AQŞ sanksiyalariga qarşi çiqişda davom etişini ma'lum qilgandi.

Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarifning ma'lum qilişiça, mamlakat AQŞ sanksiyalariga qarşi çiqişda davom etadi.